Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

Foto: Andijon viloyati hokimligi.

Elyorbek Rahmatillayevich Karimov Andijon viloyati Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Elyorbek Karimov 1986-yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2008-yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida g‘aznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida mas’ul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring