Izboskan tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Abrorbek Ahmadaliyev Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Abror Ahmadaliyev 1988-yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatining mudiri, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib borgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter