Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikani va’da qilgan shaxs fuqaroni Afrikaga jo‘natib yubordi

Amerikani va’da qilgan shaxs fuqaroni Afrikaga jo‘natib yubordi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi, 1992 y.t. shaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali «Toshkent-Istanbul-Madrid-Tixuana» yo‘nalishida Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish hamda buning uchun zarur bo‘ladigan viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 334 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa DXX xodimlari tomonidan prokuratura hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1969 y.t. shaxs o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni AQShga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va viza olib berish berish evaziga 42 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 28 800 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand shahrida yashovchi, 1983 y.t. shaxs Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, uning nomiga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, «Turkiya-Yevropa davlatlari-Meksika» yo‘nalishida aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 17.500 AQSh dollari talab qiladi. Ammo, u oldindan 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1989 y.t. Uchquduq tumanida istiqomat qiluvchi shaxs fuqaroni Turkiya va Meksika davlatlari orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish va u yerda ishga joylashtirish evaziga 19 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 6200 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi, 1988 y.t. shaxs Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Qo‘shma Shtatlarga ishga yuborishni va’da qilib, bu kabi ishlarni qilishga vakolati bo‘lmasada, dastlab, 2023 yilning aprel-may oylarida 14300 AQSh dollarini olib, uni aylanma yo‘llar bilan Janubiy Afrika Respublikasiga yuborib, uni boshqa davlatda chorasiz holatda qoldiradi va vaziyatni o‘nglash, ya’ni uni Amerikaga o‘tkazish uchun uning otasidan qo‘shimcha 6700 AQSh dollari talab qiladi.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring