2025-yilning birinchi oyi eng issiq yanvarga aylandi

2025-yilning yanvari meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yanvarga aylandi, deb xabar berdi Agence France-Presse (AFP).
Copernicus Yevropa iqlim o‘zgarishlari monitoringi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, global harorat o‘tgan yanvarda sanoat davrigacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan Selsiy bo‘yicha 1,75 daraja yuqori bo‘ldi. Iqlimshunoslar 2023 va 2024-yillardagi harorat maksimumlari tendensiyasi to‘xtash o‘rniga davom etayotganidan tashvishda.
Avvalroq olimlar El-Ninio fenomeni oqibatidagi yuqori haroratlardan so‘ng nihoyat La-Ninya kirib kelishi va global harorat pasayishni boshlashini prognoz qilishgandi. Biroq bunday bo‘lmadi: 2025-yil yanvari oldingi rekord qayd etilgan 2024-yil yanvaridan Selsiy bo‘yicha 0,09 daraja iliqroq keldi. Bunaqasi birinchi marta kuzatilishi, chunki oxirgi 60 yilda La-Ninya bosqichida El-Ninioga nisbatan doim harorat pastlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter