Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2025-yil eng issiq yillardan bo‘lishi kutilmoqda

2025-yil eng issiq yillardan bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Freepik

2024-yil iqlim tadqiqotlari tarixiga eng issiq yillardan biri sifatida kirdi. Garchi 2023 va 2024-yillar jaziramasi «aybdori» — El-Nino ob-havo fenomeni chekinishni boshlagan bo‘lsa-da, 2025-yil ham issiq kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi Sky News.

Aniqroq aytganda, iqlim kuzatuvlari boshlangan 1850-yildan hisoblaganda, 2025-yil jahondagi o‘rtacha havo harorati bo‘yicha «uchinchi eng issiq yil» bo‘lishi kutilmoqda.

Asosan qazilma yoqilg‘ilar yonishi oqibatida hosil bo‘luvchi issiqqxona gazlari atmosferada to‘planib, sayyoramizni qizdirishda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring