10 nafar hokim ishdan olindi
«Yutuqlarimiz haqida ko‘p gapirish mumkin. Dunyodagi og‘ir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida aniq natijalarga erishyapmiz.
Buni Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham e’tirof etyapti, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bunga munosib hissa qo‘shayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.
Shu bilan birga, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlarini ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir A.Aripovning taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Ishdan olingan hokimlar:
- Qorao‘zak tumani hokimi — Utambetov Uzakbergen Tleuimbetovich;
- Taxiatosh tumani hokimi — Kurbanov Daniyar Rozumbayevich;
- Uchquduq tumani hokimi — Hamroyev Soli Farmonovich;
- Toshkent tumani hokimi — Rustamov Odilxon Bakiyevich;
- Furqat tumani hokimi — Jumanov Jahongir Sabitaliyevich;
- Gurlan tumani hokimi — Jumaniyazov Umrbek Matkarimovich;
- Mirzaobod tumani hokimi — Sultonov Sarvar To‘lqinbek o‘g‘li;
- Yangiariq tumani hokimi — Atajanov Kamal Atabayevich;
- Mingbuloq tumani hokimi — Xudoyberdiyev Nurshod Nurmamatovich;
- G‘ozg‘on shahri hokimi — Bazarov Azim Danikulovich.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter