1970-yili tug‘ilgan. 1993-yili SamDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Faoliyatini «Zarafshon» gazetasida boshlagan. «Yagona himoyachi» feletoni, «Televizorni o‘chirishni unutmang», «Shaxsiy manfaat haqida», «Bo‘yningizdagi kishanni olib tashlang», «Iymoningiz butmi, birodar?» va boshqa maqolalari shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.
Ma’lum muddat Samarqand viloyati hokimligida ishlagan. 1999-yildan boshlab salkam 10 yil mobaynida «Darakchi» gazetasida bosh muharrirlik qilgan (Uning rahbarligida gazeta adadi 1000 donadan 244.000 tagacha ko‘tarilgan). So‘ngra «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazida bosh muharrir bo‘lib ishlagan.
Ayni damda Anvar Namozov «Yangi kitob» nashriyotida faoliyat ko‘rsatmoqda.