Yanvar oyining o‘zida 85 mlrd so‘mlik gaz «tuya» qilingan
2023-yilning yanvar oyi davomida 614 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mln kub metr (85 mlrd so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan Buxoro viloyatida 37,9 mln kub metrni (37,8 mlrd so‘m), Qashqadaryoda 25,1 mln kub metrni (25 mlrd so‘m), Toshkent viloyatida 13,2 mln kub metrni (13,2 mlrd so‘m), Navoiyda 3,5 mln kub metrni (3,6 mlrda so‘m), Farg‘onada 1,3 mln kub metrni (1,2 mlrd so‘m) tashkil etgan.
Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha — AGTKShlarda 20 ta holatda (76,8 mlrd so‘m), issiqxonalarda 30 ta (1,2 mlrd so‘m), ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta (1,9 mlrd so‘m), umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta (0,7 mlrd so‘m) aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter