Xorazmda piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilyapti. Topganga mukofot va’da qilingan
Xorazm viloyati IIB Urganch-Xonqa avtomobil yo‘lida piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir etib, tenrgovdan yashirinib yurgan haydovchini qidiryapti.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 18-iyun kuni soat taxminan 01:45 da Urganch-Xonqa avtomobil yo‘lining 3-kilometrida yo‘l chekkasida piyoda harakatlanib borayotgan, Xonqa tumanining «Bunyodkor» mahallasida yashagan, 1989-yilda tug‘ilgan X.Egamberdiyevni noma’lum avtomashina urib yuborgan va haydovchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan hodisa joyidan qochib ketgan.
X.Egamberdiyev esa olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Xozirgi kunda yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va unga tegishli avtomashinani aniqlash va ushlashga qaratilgan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Viloyat IIB jinoyatni fosh etishda yaqindan yordam bergan shaxs 10 mln so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishini hamda unga tegishli ma’lumotlar sir saqlanishini aytmoqda.
Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan shaxs to‘g‘risida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan esa 102; 62 220-40-14; 97-602-02-22; 90-713-08-13 raqamli telefonlar orqali xabar berishlari so‘ralyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter