Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aholidan yig‘ilgan 600 mln so‘mni «tuya» qilgan firma aniqlandi

Toshkentda aholidan yig‘ilgan 600 mln so‘mni «tuya» qilgan firma aniqlandi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati xabariga ko‘ra, idoraning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi ikki mahalla aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi «A.K.» MChJ boshqaruv servis kompaniyasi mas’ul shaxslari 2022-yildan 2024-yilning 1-iyuliga qadar aholidan yig‘ilgan jami 1,6 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilgan.

Xabarda aytilishicha, firma yuqoridagi mablag‘larning sarflanganligi haqidagi chek, schyot-faktura, yo‘l varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmagan. Shuningdek, MChJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 mln so‘mni naqd ko‘rinishda olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring