Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘l qurilishidagi talon-torojlik fosh etildi

Yo‘l qurilishidagi talon-torojlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan «Toshkent viloyati mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati» DUKning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda «C.S.» MChJ rahbari B.A. va boshqalar buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 3 ta MFY hududidagi ko‘chalarini joriy ta’mirlashda shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida MChJga o‘tkazib berilgan 373,5 mln so‘mni qurilish ishlarini boshlamasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring