Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga qarshi ayblov xulosalarini e’lon qildi

Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga qarshi ayblov xulosalarini e’lon qildi

Kecha, 28 sentyabr kuni Shveysariya Bosh prokuraturasi (OAG) jinoiy tergov yakunlari bo‘yicha Federal Jinoyat Sudiga O‘zbekiston Respublikasi sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimovaga qarshi o‘z ayblov xulosasini taqdim etdi.

Ayblov xulosasida Gulnora Karimova va Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasi o‘zbek filialining sobiq direktori (kompaniya nomi va rahbarining ismi-sharifi ochiqlanmagan) turli mamlakatlarda, jumladan, Shveysariyada faoliyat olib borgan jinoiy tashkilotda ishtirok etgani aytilgan.

Ayblovlar 2005 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Gulnora Karimova sherigi bilan jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish, chet davlat mansabdor shaxsi sifatida pora olish, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Shuningdek, Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga aloqador hamda muzlatib qo‘yilgan 440 million frankdan ortiq (5,8 trillion so‘m) bo‘lgan aktivlarini musodara qilish bo‘yicha ham talabnoma kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring