Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyi palataning budjet ijrosini nazorat qilishiga doir qator takliflar bildirildi

Quyi palataning budjet ijrosini nazorat qilishiga doir qator takliflar bildirildi

Yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, Davlat budjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi.

«Bu muhim vakolat deputatlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat ham yuklaydi.

Birinchi galda palataning Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirishning vaqti-soati keldi», – dedi davlat rahbari o‘z nutqida.

Jumladan, Hukumatning davlat budjetiga doir barcha hisobotlarini palataga faqat Budjet kodeksida belgilangan audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyotiga o‘tish kerak.

Bundan tashqari, davlat budjeti ijrosini nazorat qilishda parlament qo‘mitalari rolini oshirish ham muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayotgani, yangi saylangan deputatlar ushbu masalaga alohida yondashishlari zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim ekani ta’kidlandi.

Masalan, bu yil hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarini qurish, mahallalarni obod qilish bo‘yicha investitsiya dasturlariga 30 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

Biroq, ana shu dasturni qabul qilishda qaysi deputat qatnashdi, uning ijrosi bo‘yicha kimdan hisobot talab qildi, degan savollar ochiq qolmoqda.

Shu munosabat bilan Prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham albatta ishtirok etadigan, ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Bundan tashqari, tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida kelgusi yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring