Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «kambag‘allik chegarasi» yangilandi

O‘zbekistonda «kambag‘allik chegarasi» yangilandi

Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yil uchun “Minimal iste’mol xarajatlari” qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘m etib belgilandi.

Qayd etilishicha, Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan va mazkur ko‘rsatkichdan bir qator maqsadlarda foydalaniladi.

Jumladan:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
  • kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalanib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘rsatkich  2021-yil uchun 440 ming so‘m, 2022-yil uchun esa 498 ming so‘m etib belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring