Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining asosiy vazifalari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-347-son qaroriga muvofiq, Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida quyidagilar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
- Mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish – mehnat bozorini tahlil qilish;
- Aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish;
- Kambag‘allikni qisqartirish – kambag‘allik dinamikasi va tarkibini tahlil qilish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish individual rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etish va ijrosini muvofiqlashtirish;
- Hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, malakani baholash – xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda xorijda tan olinadigan kasbiy standartlarni ishlab chiqish;
- Talab yuqori bo‘lgan kasb va xorijiy tillarga o‘qitish;
- Munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat me’yorlariga rioya etilishini o‘rganish, mehnat huquqini ta’minlash hamda mehnatni muhofaza qilish;
- Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter