Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi

Kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi

Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Bu haqda bugungi Prezident Mirziyoyevning mamlakat yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tildi.

Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi.

Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – «chYorqin iste’dod» loyihasi joriy etiladi.

Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi.

Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning «top-100» oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring