Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzaxda temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

«Temiryo‘linfratuzilma» AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ixtisoslashmagan do‘konlarda boshqa tovarlar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ tomonidan Tojikiston hududidan O‘zbekistonga olib kelinadigan ko‘mir mahsuloti ortilgan 100 ta yuk vagonlarini o‘zining tanishlari orqali bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish, evaziga pul talab qiladi. U, shuningdek, stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temir yo‘l jarimasini qo‘llamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olinganligi bo‘yicha hujjatni rasmiylashtirib berishni ham taklif qiladi va bu xizmatlari evaziga MChJ vakilidan har bir vagon uchun 100 AQSh dollaridan jami 10 ming AQSh dollari so‘raydi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshlig‘i 40 ta vagon uchun 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring