Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda 32 yoshli o‘zbekistonlikning is gazidan zaharlangani aytilmoqda

Hindistonda 32 yoshli o‘zbekistonlikning is gazidan zaharlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Hindistonning Haryana shtati Sonipat shahridagi dam olish maskanlaridan birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgani haqidagi ma’lumot tarqalgan edi. «Dunyo» AA ushbu xabar o‘z tasdig‘ini topganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu noxush hodisa haqida xabarlar tarqalishi bilanoq O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi Sonipat shahri politsiyasi bilan aloqaga chiqqan va voqeani joyida o‘rganish maqsadida ushbu shaharga yetib borgan.

Mahalliy huquq-tartibot idoralari bilan amalga oshirilgan harakatlar natijasida marhuma farg‘onalik M.A. ismli 32 yoshli ayol ekani aniqlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayol va ikkinchi nobud bo‘lgan shaxs is gazidan zaharlangani taxmin qilinmoqda. Hodisa sabablariga aniqlik kiritish bo‘yicha tezkor surishtiruv va tibbiy ekspertiza ishlari davom ettirilmoqda.

Diplomatiya missiyasi mazkur hodisa bo‘yicha tergov-surishtiruv jarayonini nazoratga olgan. Marhumaning yaqin qarindoshlari bu haqda xabardor qilingan. Shuningdek, zarur bo‘lgan barcha konsullik-huquqiy amaliyotlar bajarilib, marhumaning jasadini qisqa vaqt ichida O‘zbekistonga jo‘natish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring