Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili etib tayinlandi

Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili etib tayinlandi

Diyora Keldiyorovani Ijtimoiy himoya milliy agentligining Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi. Bu haqda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ma’lum qildi. 

«Diyoraning olimpiadadagi g‘alabasi ilg‘or o‘zgarishlar uchun katalizator bo‘lib, butun dunyoga O‘zbekistonning teng imkoniyatlar va hadsiz salohiyatlar mamlakati ekanini namoyish etadi. Diyora dzyudo bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk Olimpiya chempioni sifatida o‘z nomini tarix sahifasiga yozib ulgurdi va endi u butun bir avlodni ortidan ergashtira oladi.

Uning maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasi O‘zbekistondagi barcha ayollar uchun an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlagan holda istalgan sohada cho‘qqiga chiqishi mumkinligiga o‘ziga xos chorlov bo‘la oldi», – deb yozadi Agentlik direktori o‘rinbosari.

U, shuningdek, Diyoraning faoliyati nafaqat mamlakatda gender tengligiga erishishni tezlashtirishiga, balki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ilg‘or davlat sifatidagi mavqeini mustahkamlashiga hamda butun dunyo ayollarini ruhlantirishiga ishonishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring