Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham Toshkentga keldi
Yakshanba kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshchiligidagi delegatsiya Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ishtirokidagi Rossiya va O‘zbekiston mintaqalari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
Ramzan Qodirovni Toshkent xalqaro aeroportida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, Prezident xavfsizligi xizmati rahbari o‘rinbosari Otabek Umarov va boshqalar kutib oldi. Shundan so‘ng, davlat rahbari O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi.
«Men va aziz birodarlarimni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov juda iliq va samimiy kutib oldi. Suhbat chog‘ida u Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi tufayli erishilgan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarining strategik mohiyatini qayd etdi. Abdulla Nig‘matovich, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar o‘rnatilgani, ularni saqlash va rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidladi», – deydi Qodirov.
U, shuningdek, Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat Xoji Qodirov O‘zbekistonda tahsil olgani, shu sabab chechenlar bu yurtni iliq qabul qilishini ta’kidladi. Ikki xalq o‘rtasida davom etib kelayotgan qardoshlik munosabatlarini qayd etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter