Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «turizm qishloqlari» ham barpo etiladi

Buxoroda «turizm qishloqlari» ham barpo etiladi

Buxoro shahrida bunyod etilayotgan tarixiy-etnografik park hamda «yashil hududlar» qatori «turizm qishlog‘i» ham barpo etiladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bildirib o‘tdi.

«Buxoroyi sharifga kelayotgan sayyohlar sonining yil sayin ortib borishi sayyohlar va bu yerda yashovchi aholining zarur resurslar bilan ta’minlashdagi talablarini oshirmoqda. Sayyohlar demografiyasini kengaytirish, ularni hududda bo‘lish muddatini uzaytirish maqsadida «Buxoro tarixiy-etnografik parki» loyihasi doirasida viloyatning 9 ta tumanidagi 11 ta hududda «turizm qishlog‘i»ni tashkil etilish bo‘yicha ham amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Peshku tumanida ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino qishlog‘ida «Etnik turizm shaharchasi»ni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi. Sohil bo‘ylarida «plyaj zona»lari va ko‘l bo‘ylarida sayilgohlar tashkil etish bo‘yicha «master reja» ishlab chiqilib, tadbirkorlar jalb qilinadi», - dedi Botir Zaripov.

Viloyat hokimining ta’kidlashicha, turizm sohasi Buxoroda iqtisodiyotning asosiy o‘sish bo‘g‘iniga aylangan. 2025 yilda mahalliy sayyohlar sonini 6 500 ming nafarga, xorijiy sayyohlar oqimini 2,2 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Joriy yil oxiriga qadar turizm xizmatlaridan 600,0 million dollardan ortiq tushum kutilmoqda.

«69 ta yangi joylashtirish vositalari va ularning umumiy soni 673 taga, o‘rinlar soni 16,7 mingga yetkaziladi. 15 ta yangi turoperator ish boshlaydi va ular 200 taga hamda 20 ta gid-ekskursovodlarni sertifikatlash orqali 380 nafarga yetkaziladi», - dedi B.Zaripov.

Aytish joizki, bundan 2-3 yil ilgari Buxoro yo‘lsozligida talay muammolar bo‘lib, bu mahalliy va xorijiy sayyohlarning bir-biridan uzoq manzildagi turli ziyoratgoh va qadimiy obidalarga yetib borishida mushkulliklar tug‘dirgan. 

Matbuot anjumanida bildirilishicha, joriy yilda jami 1086,8 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llarda hamda 26 ta ko‘priklarda rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bajariladi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokidagi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» avtomobil yo‘lining 150-228 km (78 km) qismini rekonstruksiya qilinadi. 13 dona yer osti yoki yer usti piyodalar o‘tish joylari quriladi.

«Turizm qishlog‘i» sifatida ko‘rilgan Qorako‘l va G‘ijduvon tumanlarida 2024 yilda 360 xonadonli 18 ta ko‘p qavatli uy-joylar, viloyatimizning boshqa hududlarida 109 ta 5 650 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi. 257 ta mahallalardagi 57 ta loyihalar qurilishi uchun 94,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. 1148,4 km yo‘llar va 21 ta ko‘priklarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Barchasi bosqichma-bosqich, navbatma-navbat amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi hisobiga 20 million 440 ming yo‘lovchi tashilishiga hamda «turizm qishlog‘i»ga olib boruvchi 110 ming aholining transportga bo‘lgan ehtiyojining qondirilishiga erishiladi.  Buxoro tumani «Novmetan» MFY hududida soatiga 1 200 yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi zamon standarlariga mos bo‘lgan «Yangi halqaro aeroporti»ni qurish ishlari olib boriladi. «Yangi halqaro aeroporti»ga olib boruvchi qiymati 900 milliard so‘m bo‘lgan 23,0 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li quriladi. Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 435 km uzunlikdagi «Buxoro-Urgench-Xiva» temir yo‘lida yuqori tezlikdagi harakatlanuvchi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi», - dedi Buxoro viloyati hokimi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring