Britaniya O‘zbekiston bilan ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytiradi
Britaniya O‘zbekiston bilan ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytirish va universitetlararo aloqalarni chuqurlashtirishga tayyor.
Bu haqda Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligining Ijodiyot, sport va ta’lim masalalari bo‘yicha departamenti direktori Rupert Deniels O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Britaniya tomoni, shuningdek, suhbatda oxirgi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng-ko‘lamli islohotlar, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va samarali ijodiy faoliyati uchun yaratib berilayotgan sharoitlar hamda mamlakatda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarni yuqori baholagan.
Rasmiy Londonning O‘zbekiston bilan maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim sohalarida hamda kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida joriy oktyabr oyida Britaniya Biznes va savdo vazirligi delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter