Bolalarning ommaviy yangi virusga chalinayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV
Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz ekanini ta’kidlamoqda.
«Gap shundaki, Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beshta — Chaqaloqlarni parvarish qilish, Chaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya bo‘limlarida profilaktik yuvish-tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.
Mazkur bo‘limlarning barchasi bugun, 6 yanvar kunidan qayta ochildi va bu holat tabiiy ravishda bemorlar oqimi nisbatan ortishiga sabab bo‘ldi», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, rasmiy munosabatda markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmagani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanepidqo‘mita odamlar orasida vahima bilan tarqayotgan metapnevmovirus infeksiyasi avvaldan mavjudligi va bu bilan gripp mavsumida bevorlar og‘rib turishi, jumladan O‘zbekistonda ham kuzatilishi haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter