Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrimlar Istanbul meri tergovining yaxlitligiga putur yetkazishga harakat qilyapti – Fahrettin Altun

Ayrimlar Istanbul meri tergovining yaxlitligiga putur yetkazishga harakat qilyapti – Fahrettin Altun

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshlig‘i professor Fahrettin Altun Istanbul meri hibsga olinganidan so‘ng ayrim kuchlar tergovning borishiga xalaqit berayotganini yozib chiqdi.

«Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan qator tekshiruvlar doirasida Istanbul shahar hokimligi xodimlari va boshqa gumondorlarni hibsga olish qaroridan so‘ng, ba’zi doiralar, ayniqsa, asosiy muxolifat partiyasi rahbarlari, siyosiy va mafkuraviy sabablar bilan tergovning yaxlitligiga putur yetkazishga harakat qilayotganini ko‘ryapmiz.

Boshlangan tergov-surishtiruv ishlarining mazmun-mohiyati, tafsilotlari bilan tanishmay turib, berilgan siyosiy-mafkuraviy baholar orasida Prezidentimizga nisbatan tuhmat va bo‘htonlar aytilayotganiga ham guvoh bo‘lyapmiz», – deydi Altun.

U, shuningdek, turk millati nomidan o‘z vakolatlarini ishga solayotgan sud organlarining mustaqilligiga putur yetkazish, shuningdek, mamlakat prezidentiga daxl qilish, bu mafkuraviy tuhmatlar bilan prezident huquqlari buzilishiga qarshi turishini ta’kidlaydi.

«Mustaqil sud hokimiyati tomonidan qabul qilingan har qanday qaror jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan hurmat qilinishi kerakligi haqidagi fikrimizni yana bir bor takrorlaymiz va biz Kommunikatsiya Boshqarmasi sifatida bu jarayonda dezinformatsiyaga qarshi kurashimizni davom ettirishimizni eslatib o‘tamiz», – deydi Fahrettin Altun.

O‘z navbatida, turk xalqidan tasdiqlanmagan va shubhali kontentdan ehtiyot bo‘lish orqali ushbu kurashni qo‘llab-quvvatlashlarini hamda har doimgidek rasmiy muassasalar va hokimiyatlarning bayonotlariga ishonishlarini so‘raydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring