Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Yevroittifoq bilan JSTga a’zolik yuzasidan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Yevroittifoq bilan JSTga a’zolik yuzasidan muzokara o‘tkazdi

Joriy hafta Bryusselda O‘zbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha samarali ikki tomonlama muzokaralar olib bordi.

Bu haqda Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.

«Xizmatlar bo‘yicha muzokaralar yakunlanganini e’lon qilishdan mamnunman.

Kelgusi oylarda tugatishni ko‘zlagan holda, bizda hali tovar qismi bo‘yicha qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar bor», – deydi O‘runov.

A.O‘runov, shuningdek, DG Trade (Yevrokomissiyaning savdo bo‘yicha Bosh direktorati) rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida kelasi yili MC14 tomonidan O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha YeI tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring