«Uzumzor voqeasi»: Bred Pitt Anjelina Jolini sudga berdi
Gollivud aktyori Bred Pitt sobiq rafiqasi, mashhurlikda o‘zidan qolishmaydigan aktrisa Anjelina Jolini sudga berdi.
2008-yilda Pitt-Joli juftligi «Chateau Miraval» uzumzorini sotib olgan (u paytlar ular inoq edi), Bred Pitt keyinchalik bu biznesga havas bilan kirishib ketgandi. 2014-yilda ularning to‘yi ayni shu uzumzor bog‘da bo‘lib o‘tgandi.
Keyinchalik, ajrashishganidan so‘ng, biznes va shatodagi ulushni bir-birlarining ruxsatisiz sotmaslikka kelishishgandi.
O‘tgan yilning yanvarida Anjelina o‘z ulushini «nomi oshkor etilmagan xaridor»ga sotishga qaror qildi. Bred Pitt xarid qiluvchining nomzodini o‘zi tasdiqlasa bitimga roziligini bildiradi. Biroq aktrisa 2022-yilda biznesdagi ulushini spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi «Stoli Group» (Lyuksemburg) kompaniyasiga sotadi. «Bloomberg» ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya egasi rossiyalik milliarder Yuriy Shefler. Bred Pitt voqeadan bexabar qolgan.
Bred Pitt suddan ushbu bitimni bekor qilishni va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter