Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rejissyor va dramaturglar uchun ikki mukofot ta’sis etildi

Rejissyor va dramaturglar uchun ikki mukofot ta’sis etildi

“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-399-son) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot ta’sis etiladi.

Bunda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 Rejissyor – dramaturg – kompozitor – rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025-yildan har yili avgust oyida “Nigoh” ijodiy loyihasi amalga oshiriladi.

Milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2 yilda milliy kompozitorlar tanlovi o‘tkazib boriladi.

 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi.

 Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi joriy etiladi. 

 2025-yildan:

- har 2 yilda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha “Eng yaxshi pesalar” tanlovi tashkil etiladi;

- O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring