Taniqli aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov olamdan o‘tdi
O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi.
Turg‘un Azizov 1934-yilning 30-noyabrida Toshkentdagi Saryog‘chi (hozirgi Beshqayrag‘och) mahallasida tug‘ilgan. 1956-yili avvalgi O‘zbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlab, shu yili hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga ishga qabul qilingan. 33 yoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. Shuningdek, u «Mehnat-shuhrati» ordeni (2001-yil) sohibi ham hisoblanadi.
Asosiy rollari: Ferdinand («Makr va muhabbat»), Ilyos («Sarvqomat dilbarim»), Eydzi («O‘g‘irlangan umr»), Mark Tuysk («Oqpadar»), Niyoz («Noma’lum kishi»), Yo‘lchi («Qutlug‘ qon»), G‘ofir («Boy ila xizmatchi») va boshqalar.
Rejissyorlik ishlari
«Mehrobdan chayon» – Abdulla Qodiriy
«Chimildiq» – Erkin Xushvaqtov
«Mashrab» — Erkin Xushvaqtov
«Okeandagi yetti qichqiriq» — Alexandro Kasona
Filmlardagi rollari
«Maftuningman» Yu.A’zamov – Bakir Nazarov
«Odamlar orasida yolg‘iz» K.Yormatov – Amir Nasrullo
Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning janozasi ertaga, 23 yanvar kuni «Minor» masjidida o‘qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter