Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada qariyb yarim milliardlik o‘g‘irlik fosh etildi

Zangiotada qariyb yarim milliardlik o‘g‘irlik fosh etildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani bo‘limlari va «Zangiotatumangaz» xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi «Madaniyat» hamda «Farobiy» MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.O. fuqaro U.B.ga tegishli «Qorabog‘» MFY hududidagi sexga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga shikast yetkazib, 186,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring