Taniqli diplomat vafot etdi
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vitaliy Vasilevich Fen vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
V.Fen butun umrini Vatanimizga xizmat qilishga bag‘ishlagan atoqli davlat arbobi, sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqardi hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning ko‘p yillik faoliyati O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarining mustahkamlanishida o‘chmas iz qoldiradi, deyiladi TIV xabarida.
Vitaliy Vasilevich Fen «Fidokorona xizmatlari uchun» va «Mehnat shuhrati», shuningdek, Janubiy Koreyaning «Gvangxva» ordenlari bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter