Rossiyalik deputat O‘zbekiston bilan viza rejimi o‘rnatishga chaqirdi
Rossiyalik deputat, Davlat dumasi fraksich boshlig‘i Sergey Mironov O‘zbekiston borasida keskin bayonot berdi.
U O‘zbekistonning Qozon shahridagi konsulxonasining urushga bormaslik chaqirig‘iga javob qaytargan.
«O‘zbekiston konsulxonasi Rossiya armiyasiga qo‘shilmaslikka chaqiryapti. Nega bundaylar boshqa imtiyozlardan foydalanishi kerak? Seni boqayotgan, ish bergan davlatni nega himoya qilmasliging kerak?! Viza rejimi! Bizga bunday fuqarolar kerakmas», deya yozgan Mironov.
Mironovga javob ko‘p kuttirmadi: Qonunchilik palatasi spikeri Alisher Qodirov o‘zbeklar odam o‘ldirib emas, mehnat qilib pul topishini bildirgan.
- Rossiyani esa Mironovning o‘zi, o‘g‘illari, kuyovlari, nevaralari himoya qilishi kerak. Bilishimcha, ruslar ham Vatanni himoya qilishni o‘zbeklardagidek muqaddas burch hisoblaydilar?, degan Qodirov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter