«O‘zgidromet» jazirama kunlardan keyin yaxshi xabar e’lon qildi
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 16-18 avgust kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
O‘zbekistonda so‘nggi 2 kun juda issiq bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41 darajagacha, janubda ba’zi joylarda 42-44 darajagacha, Termiz hududida 45 darajagacha ko‘tarildi.
Kecha kunduzi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga salqin havo kirib kelishi boshlandi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo harorati 35-38 darajadan 30-33 darajagacha pasaydi.
Bugun va dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Bugun va ertaga havo harorati asosan kunduz kunlari 31-36 daraja, yakshanba kuni esa 27-32 daraja atrofida bo‘ladi. Kechalari ham ancha salqinlashadi, harorat kechalari 17-22 darajagacha pasayadi.
Shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida, yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 33-36 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 19-21 darajagacha, kunduzi 27-29 darajagacha pasayadi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter