Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi» — energetika vaziri

«O‘zbekiston ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi» — energetika vaziri

Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab elektr kabelini o‘tkazish bo‘yicha Qozog‘iston-O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma uch tomonlama loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, O‘zbekiston 2030 yildan boshlab ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi.

Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamaxmudov Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinchi yig‘ilishi doirasida ma’lum qilgan.

«Joriy yil oxiriga qadar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan umumiy energiya quvvatini 4 GVt dan ortiq darajaga yetkazamiz. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 20 GVt dan oshadi, shundan 2 dan 5 GVtgacha Yevropaga eksport qilinadi», — dedi J.Mirzamahmudov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportning aniq hajmi elektr energiyasini uzatish tizimining quvvati va yevropalik xaridorlarning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi.

Vazirning qayd etishicha, O‘zbekistondan boradigan elektr energiyasi Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi orqali Qozog‘istondan Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab Ozarbayjonga, u yerdan Gruziyaga, so‘ngra Ruminiya, Vengriya va Bolgariyaga yetkaziladi.

Rejaga muvofiq, O‘zbekistonda 2030 yilga borib umumiy ishlab elektr chiqarish quvvati 2,4 barobarga – 44,9 GVtgacha oshiriladi. Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 40 foizga yetkaziladi va bu maqsadda umumiy quvvati 18,8 GVt (8,6 GVt – quyosh, 10,2 GVt – shamol) bo‘lgan quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring