Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi
Normirzayeva Nilufar Anvarjanovna - Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Nilufar Normizayeva 1976 yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi - musiqa o‘qituvchisi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi.
U faoliyati davomida Yangiyo‘l tumani hokimligining bir qator mas’ul lavozimlarida faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar, Yangiyo‘l tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter