Ish vaqtida vafot etgan xodimning oilasiga 485,7 million so‘m to‘lanishi belgilandi
Andijonlik Sh.Nurillayevaning turmush o‘rtog‘i N.Nurillayev mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan.
Sh.Nurillayeva boquvchisini yo‘qotganligi uchun korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to‘lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qilgan.
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib sudga da’vo arizasi kiritildi.
Ariza qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan Sh.Nurillayeva foydasiga 485 million 760 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini undirish belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter