Chinlik inson qissasi: 700 dan ziyod bolani qutqargan Van Vanlin

Xitoy sharqidagi Chjeszyan provinsiyasida yashovchi 80 yoshli Van Vanlin 700 dan ziyod tashlandiq bolaning «otasi» deya nom qozongan. Bu haqda South China Morning Post gazetasi yozdi.
U hech qachon uylanmagan, oilasi bilan yashash baxtiga muyassar bo‘lmagan. Ammo 700 dan ortiq bolaga ota o‘rnida otalik qilgan.
Vanlin ko‘chada qolgan bolalarga yordam berishni 1979-yilda, 34 yoshida boshlagan. Birinchi bo‘lib 15 yoshli o‘smirni qutqargan. Uni ko‘mir konida qamab ishlatilayotgan joyidan olib chiqib, poyezdga o‘tqazib uyiga jo‘natib yuborgan.
Van Vanlinning yoshligi og‘ir kechgan. Tuhmat balosiga uchragan: qo‘shnisi o‘g‘rilikda ayblagan. Qilmagan jinoyatini majburlab bo‘yniga qo‘yib, olis tumanga 16 yil badarg‘a qilinib, fermada ishlatilgan.
1978-yilda Van Vanlin fabrikada ishlar, maoshini o‘ziga o‘xshab bu yerlarga kelib qolgan bolalarga sarflar, ota-onasi borlarini amallab uylariga jo‘natib yuborarishga harakat qilardi. Uylariga eson-omon yetib olishgach, albatta xat yozishlarini so‘ragan.
O‘nlab yetim bolalarga esa Van Vanlinning o‘zi otalik qilgan. Yuy Xuey ismli bola bilan bo‘lgan voqea ibratli. Yuy Xuey qashshoq oilasini boqish uchun 12 yoshida uyidan chiqib ketgan. Biroq yomon bolalarga qo‘shilib qolib, o‘g‘rilik qilib yurgan. Van uni topib olganida, bola chiqindilar orasidan ovqat izlab yurgandi. Vanlinning ko‘magida Yuy Xuey kasbga o‘qidi va Shanxayga borib ishlari yurishib ketdi. Pullari ko‘payib, oilasiga ikki qavatli uy qurib berdi. Bu yuzlab misollarning bittasi, xolos.
Van Vanlinni «katta qalbli inson» deya ta’riflashadi. Zero, u 700 dan ziyod bolalaridan kelgan xatlarni yuragining to‘rida asraydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter