Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Allamjonov ishi bo‘yicha ikki Rossiya fuqarosini qidiruvga berdi

Bosh prokuratura Allamjonov ishi bo‘yicha ikki Rossiya fuqarosini qidiruvga berdi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Komil Allamjonov ishi bo‘yicha ikki Rossiya fuqarosi qidirilmoqda

Bosh prokuratura tomonidan Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovlar qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etganliklari aniqlangan.

Rasayev va Temirxanovlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruv e’lon qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni Toshkentda Komil Allamjonovga qurolli hujum bo‘lgani aytildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring