Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni  3 foizga kamaygan – Markaziy bank

O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni  3 foizga kamaygan – Markaziy bank

Joriy yilning 6 oyida uy-joy oldi-sotdi shartnomalar soni 123,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga kamaygan. Bu haqda Markaziy bankning  2024-yil 1-yarim yillik Ipoteka kreditlari sharhida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, turar-joy sotib olish uchun talab darajasining kamayishi ta’sirida birlamchi bozorda uy-joy narxlari oshishi 7,2 foizni (2023 yilning 6 oyiga nisbatan 3,7 foiz bandga kam o‘sgan), ikkilamchi bozorda 4,5 foizni (7,3 foiz band kam o‘sgan) tashkil qilib, o‘sish sur’atlari biroz sekinlashgan.

Hududlar kesimida oldi-sotdi shartnomalar sonining kamayish ko‘rsatkichlari Navoiy (-25 foiz), Toshkent shahri (-11 foiz), Jizzax (-8 foiz) va Toshket viloyatida (-8 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, o‘sish ko‘rsatkichlari Andijon (15 foiz), Qashqadaryo (11 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Ipoteka kreditlari orqali uy-joy sotib olish tendensiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Sirdaryoda 15 foiz bandga, Jizzaxda 11 foiz bandga, Qashqadaryoda 10 foiz bandga kamaygan.

2024 yil yanvar-iyun oylarida uy-joy bozoridagi faollik va narxlar o‘sishining sekinlashuvi tendensiyasi ko‘chmas mulk bozorida taklif potensialini sezilarli oshishi uy-joy sotib olishda aholining tanlov imkoniyatlarini kengayishida, pirovardida birlamchi va ikkilamchi bozorda narxlar o‘sishining sekinlashishida o‘z aksini topmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring