Neft va gaz qazib olish uchun mukammal texnologiyalar lozim – ERIELL Group 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi
ERIELL kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirilgan barcha loyihalar bo‘yicha 2022 yil yakunlari sarhisob qilindi. Bunda nafaqat neft servisi sohasi, balki ijtimoiy sohadagi qizg‘in faoliyat ham muhokama etildi.
O‘tgan yil davomida neft-gaz sohasida O‘zbekiston Prezidentining «2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosini qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilda qabul qilingan dastur jadal sur’atlarda amalga oshirildi. Ushbu dastur yangi quduqlarni qurish, mavjudlarini kapital ta’mirlash, shuningdek, texnologik ob’yektlarni takomillashtirish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Dasturni amalga oshirish uglevodorodlar yetkazib berish geografiyasini, xususan, O‘zbekiston uchun strategik yo‘nalishlardagi hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga xizmat qiladi.
«2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosini qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» loyihasida neft-gaz infratuzilmalarini obodonlashtirish qismida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
• 33 ta quduq ulandi.
• 45,8 kilometrlik shleyf gaz quvuri qurildi
• 44 ta quduq obodonlashtirildi;
• 68 ta quduq elektr-kimyoviy tomonlama himoyalandi.
• 16 kilometrlik BL qurildi;
• 35,5 kilometrlik kollektor-gaz quvurlari elektr-kimyoviy himoyalandi.
• 29 kilometrlik avtomobil yo‘llari qurildi.
2022 yilda ERIELL «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamkorlikda 30 ta quduq qurilishini yakunladi. Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK bilan hamkorlikda esa 65 ta quduqni burg‘ulash va 53 ta quduqni qurish ishlari yakunlandi.
Surxondaryo viloyatida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koni ERIELL kompaniyasining eng katta va eng murakkab loyihasi hisoblanadi.
O‘tgan yil davomida «M-25» konida kovlab borish bo‘yicha bir nechta rekordlarni avval – 362 metr, keyin esa 425 va 616 metr rekordlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yutuqlar buyurtmachi tomonidan yuqori baholandi.
Hisobotga ko‘ra 2022 yilda «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasi bo‘yicha 18035 metr uzunlik burg‘ulandi va burg‘ulangan 3 ta quduq topshirildi. Yil yakunida 2 ta quduq sinovdan o‘tkazildi va o‘zlashtirildi. Ikkita quduqda o‘zlashtirish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmoqda.
ERIELL kompaniyasi ijtimoiy mas’uliyatni to‘liq his qiladi va xayriyani o‘z faoliyatining ajralmas qismi deb hisoblaydi. Kompaniya tomonidan 2022 yilda 15 ta xayriya aksiyasi o‘tkazilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan tashkil topgan 500 nafardan ortiq insonga manzilli yordam ko‘rsatildi.
E’tiborli tomoni, ERIELL «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasining Bosh homiysi hisoblanadi. Kompaniya rahbari Baxtiyor Fazilov Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashining raisi bo‘lib, 2022 yilda Parijda Yevropa Ittifoqi, O‘rta yer dengizi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida falsafiy va madaniy tadqiqotlar hamda hamkorlikni rag‘batlantirgani uchun AVICENNIA INTERNATIONAL PRIZE xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan
ERIELL Group kompaniyasining davlat budjetiga soliq to‘lovlari 2022 yilda 732 milliard so‘mni tashkil etdi.
2022 yilda kompaniyalar guruhi tomonidan mamlakatdagi loyihalarda 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter