Malayziya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

«O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan «Air Asia X Berhad» aviakompaniyasiga Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.
Aviakompaniya tomonidan mazkur yo‘nalishda parvozlar A330 havo kemasida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar «Uzbekistan Airways» AJ (haftaning chorshanba va yakshanba kunlari) va «Batik Air» (haftaning dushanba, juma va shanba kunlari) tomonidan Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida haftasiga jami 5 ta qatnov amalga oshirilmoqda.
2024 yilda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida jami 49 749 ta yo‘lovchi tashilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter