2022-yilda O‘zbekiston IHT davlatlari bilan 12,4 mlrd dollarlik tovar ayirboshlagan
2021-yilda O‘zbekistonning IHT mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11,2 milliard dollarni (o‘sish 35,1 foiz) tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 12,4 milliard dollarga (o‘sish 10,4 foiz) yetgan, deb yozmoqda «Review.uz».
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning O‘zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 24,7 foizni tashkil etdi. Eksport hajmi 5,75 milliard dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 6,3 foizga ko‘proqdir.
Import esa 6,62 milliard dollarni +14,3 foiz tashkil etdi. 2022-yili O‘zbekiston umumiy eksportining qariyb uchdan bir qismi (29,8 foizi) IHT mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan.
2022-yilda O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashda eng katta ulushini Qozog‘iston (37,5 foiz) va Turkiya (26,3 foiz), keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (10,2 foiz), Turkmaniston (7,5 foiz), Afg‘oniston (6,1 foiz), Tojikiston (5,5 foiz), Eron (3,5 foiz), Pokiston (1,9 foiz) va Ozarbayjon (1,5 foiz) egalladi.
O‘tgan yili IHTga a’zo davlatlarning umumiy tashqi savdo aylanmasi bir trillion dollardan (taxminan 1,13 trln.dollar) oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter