Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX: «Xalq banki»da katta talon-torojlik aniqlandi

DXX: «Xalq banki»da katta talon-torojlik aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan aksiyadorlik tijorat «Xalq banki»ning Ichki audit hamda Ichki nazorat va komplayens departamentlari mutaxassislari hamkorligida bankning Sirdaryo viloyati Xovos filialida noqonuniy holat aniqlandi.

2020-2023 yillar davomida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish va (yoki) biron-bir hujjat rasmiylashtirmasdan hamda soxta ma’lumotlardan foydalangan holda jami 3 mlrd. 828 mln. 400 ming so‘m miqdoridagi budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning Xovos filiali bir nafar mas’ul xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring