16 yoshli o‘smir «Chorsu» mehmonxonasi binosidan yiqilib halok bo‘ldi
Toshkentda 16 yoshli o‘smir sobiq «Chorsu» mehmonxonasi binosidan yiqilib halok bo‘ldi, deb xabar berdi UzNews.uz.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 28 noyabr kuni taxminan soat 19:30da Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 16 yoshli yigit o‘z do‘stlari bilan sobiq «Chorsu» mehmonxonasi binosiga ruxsatsiz chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, 16 yoshli yigit 21-qavatdan tushayotganda uchinchi qavatga qulagan. Yigit voqea joyida vafot etgan.
O‘smirning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter