Toshkentda «novostroyka» ishchisini tuproq bosib qoldi
24 may kuni soat 17:05 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yakkasaroy tumani «Dilbuloq» MFY hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida, deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter