Toshkentda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi
Toshkentda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi.
Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1984-yilda tug‘ilgan shaxs 1986-yilda tug‘ilgan fuqarodan 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari olayotgan vaqtda ushlandi.
U Yangiyo‘l tumanidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix yer maydonidan 4 sotixini mansabdor tanishi orqali kelgusida rasmiylashtirib berishini va’da qilib, 20 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan holda oldindan bo‘nak (avans) sifatida olgan 5 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, uning mansabdor tanishi 1973-yilda tug‘ilgan Yangiyo‘l tumanida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs ekanligi aniqlandi.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olindi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter