Toshkentda bolalar maydonchasida 8 yoshli bola fojiali o‘lim topdi
Toshkent shahrining «Vodnik» dahasidagi bolalar maydonchasida 8 yoshli bolaning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».
Mahkamlanmagan arg‘imchoq ustuni bolaning ustiga qulab tushgan. Otasining ta’kidlashicha, obodonlashtirish xizmati xodimlari obodonlashtirish ishlari paytida maydonni tegishli me’yorlar asosida to‘sishmagan.
Toshkent shahrining «Vodnik» dahasidagi bolalar maydonchasida ro‘y bergan 8 yoshli bolaning o‘limi holati yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Jinoiy ish Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismining «a» bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga olib kelsa) bilan ochilgan.
Hodisa 17 aprel kuni bolalar o‘yin maydonchasini obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan 1, 2 va 3-uylar hovlisidagi Vodnik-1 dahasida sodir bo‘lgan. Marhum N. Щ. ning (2012 y.t.) otasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotda obodonlashtirish xizmati xodimlari maydonni tegishli me’yorlar asosida to‘smaganligi va buning oqibatida o‘g‘lining ustiga arg‘imchoq ustuni qulaganligi aytilgan. Bola voqea joyida vafot etgan.
Toshkent shahar IIBning xabar berishicha, bir qator ekspertizalar, shu jumladan tibbiy-sud ekspertizasi va sud qurilish-texnik ekspertizalari tayinlagan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter