To‘rtko‘lda fojia: bir oilaning 4 a’zosi va mehmon vafot etdi
2021 yil 6 mart kuni soat 11:30 larda To‘rtko‘l tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, To‘rtko‘l tumani, «Yangiobod» MFYda yashovchi fuqaro I.U.(erkak) va uning qizlari R.S.(2003 y.t.), R.A.(2010 y.t.) va o‘g‘li R.M.(2005 y.t.) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. xonadonda o‘rnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining JKning 259-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda To‘rtko‘l tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat ishining tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter