Surxondaryoda svetoforga qaramagan «Gentra» haydovchisi poyezd ostida qoldi
Hodisa oqibatida haydovchi halok bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB xabariga ko‘ra, 6-avgust kuni soat 12:40 atrofida Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida 24 yoshli haydovchi «Gentra» avtomashinasida harakatlanib ketayotib «Qumqo‘rg‘on-Elbayon» temir yo‘l bekati oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida o‘rnatilgan ogohlantiruvchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan.
Shu vaqtda shu yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan «Sariosiyo-Termiz» yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketgan.
Ushbu YTH natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter