Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qamoqxonadagi o‘lim bilan bog‘liq yana bir holat yuzasidan bayonot berildi

Qamoqxonadagi o‘lim bilan bog‘liq yana bir holat yuzasidan bayonot berildi

2025-yil 11-fevral kuni 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tagan mahkum Mustafa Tursinbayev bir qavatli binoning devorlarini buzayotgan vaqtida devor qismi qulab, bosib qolgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Mahkum M.Tursinbayev  zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Biroq, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan mahkum  M.Tursinbayev 16 fevral kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Olmaliq shahridagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasidan mahkumning jasadi chiqqani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring