Buxoroda cho‘kayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi
Kecha, 27 dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani «Afrosiyob» MFY Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tuvchi «Hayrabot» kanalida odam cho‘kayotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori oddiy askar B.Qobilov 16 yoshli fuqaroni (ayol) suvdan qutqarib olgan.
Shundan so‘ng, tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yetkazgan. Hozirgi vaqtda uning ahvoli yaxshi holda bo‘lib, shifokorlar nazoratida, deyiladi FVV xabarida.
Rasmiy xabarda qizning kanalga qanday tushib ketgani haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter